Plagiat turlari



To‘g‘ridan-to‘g‘ri plagiat

To‘g‘ridan-to‘g‘ri plagiat eng mashhur plagiat turlaridan biridir. Bu holat matn yoki iqtiboslar manba va muallifga havola berilmasdan ishlatilganda yuzaga keladi. Agar g‘oya qasddan so‘zma-so‘z ko‘chirilsa va manbalar ko‘rsatilmasa, bu o‘g‘irlangan matn yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri plagiat hisoblanadi.

Mozaik plagiat

Mozaik plagiat – bu boshqa biror kishining ishini o‘zlashtirishning yana bir keng tarqalgan usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri plagiatdan farqli o‘laroq, bu yerda asl matndan iqtiboslar sinonimlar bilan almashtiriladi, shuningdek, matndagi iboralar o‘zgartiriladi, lekin g‘oya o‘sha qoladi. Bunday holatda ham manbani ko‘rsatish muhim, chunki matn mazmuni boshqa muallifning intellektual mulki hisoblanadi.

To‘liq plagiat

To‘liq plagiat esa butun ishga tegishlidir. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mozaik plagiatda ayrim iqtiboslar o‘g‘irlangan bo‘lsa, to‘liq plagiat holatida muallif boshqa bir inson tomonidan yozilgan ishni o‘zinikidek ko‘rsatadi.

Parafraz plagiati

Bu tur mozaik plagiatga o‘xshash. Mozaik plagiatda so‘zlar sinonimlar bilan almashtirilsa, parafraz plagiatida esa iboralar tuzilishi o‘zgartiriladi, ya’ni matn qayta bayon qilinadi, ammo manba ko‘rsatilmaydi.

Tasodifiy plagiat

Keling, shunday vaziyatni tasavvur qilamiz: talaba semestr davomida stress ostida, muddatlarga ulgurishga harakat qilmoqda, deyarli uxlamaydi. Bunday holatda u iqtibos qo‘shib, uni to‘g‘ri tarzda havola qilmasligi yoki manbani umuman ko‘rsatmasligi mumkin.

O‘z-o‘zini plagiat qilish

Bu plagiat turi muallif o‘zining oldin nashr qilingan ishidan foydalanganda sodir bo‘ladi. Agar muallif yangi maqola yozayotgan bo‘lsa va unga avvalgi ishidan ayrim qismlarni havola qilmasdan kiritgan bo‘lsa, bu holat o‘z-o‘zini plagiat qilish hisoblanadi.

Manba plagiati

Nihoyat, manba plagiati ham uchraydi. Bu holat muallif noto‘g‘ri manbadan foydalanganda yoki ikkita manbadan birinigina ko‘rsatib, ikkinchisini inkor etganda yuzaga keladi.


Yuqorida plagiatning eng keng tarqalgan turlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, plagiatni aniqlashdan qochish uchun turli usullar mavjud. Shuning uchun biz StrikePlagiarism.com / Plagiat.uz sifatida yordam berishga tayyormiz.
Bizning tizimimiz matnni tahlil qilish va undagi barcha manipulyatsiyalarni ko‘rsatadigan batafsil hisobotni taqdim etadi. Tizimimiz onlaynda 30 milliondan ortiq akademik manbalar bazasiga ega bo‘lib, internetdagi o‘g‘irlangan matnlarni tezda tekshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan tashqari, u harflarni almashtirish, bo‘sh joylardan foydalanish va boshqa usullar orqali amalga oshirilgan har qanday manipulyatsiyalarni aniqlash imkoniyatiga ega.
Bizga qo‘shiling va akademik yozuv madaniyatini targ‘ib qilish hamda plagiatga qarshi kurashga hissa qo‘shing!